Isroil va HAMAS oʻrtasidagi muzokaralarda vositachilar Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining yakuniy loyihasini tomonlarga topshirdi. Bu haqda muzokaralardan xabardor rasmiyga tayanib Reuters xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 13 yanvarga oʻtar kechasi vositachilar – AQSh, Qatar va Misr orqali bir yildan ortiq davom etayotgan muzokaralarda «yutuqqa» erishilgan. Agentlik manbasining aytishicha, Qatar vakili tomonlarga oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuv matnini topshirgan.
Muzokaralarda AQSh amaldagi prezidenti Jo Bayden va AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning elchilari, Isroil razvedka xizmatlari «Mossad» va «Shin Bet» rahbarlari, shuningdek, Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdurahmon as-Soniy ishtirok etgan.
«Keyingi 24 soat kelishuvga erishish uchun juda muhim boʻladi», dedi manba.
Isroilning yuqori martabali mulozimlaridan biri agar HAMAS taklifga javob bersa, kelishuv bir necha kun ichida tuzilishi mumkinligini aytdi. Muzokaralarga yaqin boʻlgan Falastin rasmiysi Dohadan olingan ma'lumotlar «juda istiqbolli» degan.
HAMAS muzokaralarda muvaffaqiyatga erishilganini tasdiqladi, deb yozdi Times of Israel.
Taxminlarga koʻra, tomonlar kelishuvni AQSh saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi kuni – 20 yanvargacha tuzmoqchi. Avvalroq, u agar isroillik garovga olinganlar lavozimga kirishgunga qadar ozod etilmasa, HAMAS «jiddiy qasosga» yoʻliqishini va'da qilgan edi.
Reuters agentligining qayd etishicha, har ikki tomon oʻt ochishni toʻxtatish, garovga olinganlar va asirlarni almashishga rozi. Biroq, HAMAS kelishuv Isroilning Gʻazodan chiqib ketishiga olib kelishi kerakligini ta'kidlayapti. Oʻz navbatida Isroil HAMAS yoʻq qilinmaguncha urushni toʻxtatmasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Daniya razvedkasi: AQShning Grenlandiyani sotib olish tahdidiga Rossiya sababchi
Yaponiyada kuchli zilzila sodir boʻldi
Xitoy TikTok’ni Ilon Maskka sotishi mumkin
Toshkent Prezident maktabi oʻquvchilari BAAda nufuzli sovrinni qoʻlga kiritdi (video)
Ukraina dronlari va raketalari Rossiyaning uch hududiga hujum qildi
AQSh Grenlandiyani sotib olish boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqdi