16:31 / 14.01.2025
197

Britaniyada “Katta ogʻa seni kuzatmoqda” tangasi chiqarildi

Britaniyada “Katta ogʻa seni kuzatmoqda” tangasi chiqarildi
Foto: PA
Britaniya Qirollik zarbxonasi yozuvchi Jorj Oruell vafotining 75 yilligiga bagʻishlangan ikki funt sterling qiymatidagi tangani muomalaga chiqardi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Tanganing orqa tomonida koʻz tasviri boʻlib, uning atrofida Oruellning “1984” asaridan olingan eng mashhur “Katta ogʻa seni kuzatmoqda” iqtibosi joylashtirilgan.

Tanganing qirrasiga ushbu romandan yana bir mashhur iqtibos oʻyib yozilgan: “Haqiqat bor va yolgʻon bor”. Dizayn muallifi Genri Greyga koʻra, u ishida nafaqat Oruell asaridan, balki zamonaviy texnologiyalardan ham ilhom olgan. Chunki ularning ayrimlari yozuvchining prognozlarini haqiqatga aylantirgan.

Foto: PA
Bu senga koʻzini pirpiratmay tikilib turgan kamera ob'ektiviga oʻxshaydi. Hozir uylarimizning har burchagida telefon va kameralar bor, reklama beruvchilar telefon orqali suhbatlarimizni tinglaydi, shuning uchun bizni doimiy ravishda kuzatib turishayotganini sezmay ilojimiz yoʻq.
Aynan shu haqda “1984” romani yozilgandi. Asar hamma narsa nazorat ostida boʻlgan va odamlarga mavjud tartib-qoidalarga boʻysunishlari uchun doimiy bosim oʻtkaziladigan sharoitdagi hayot haqida soʻzlaydi, deydi Grey.

Tangalarni 15 yanvardan boshlab Qirollik zarbxonasining rasmiy veb-saytida xarid qilish mumkin. Jorj Oruell (asl ismi Erik Artur Bler) 1950 yil 21 yanvarda 46 yoshida vafot etgan.

Foto: BBC
1949 yilda nashr etilgan “1984” romani Oruellning eng mashhur asari boʻldi. Unda bir vaqtning oʻzida ham Sovet ittifoqini, ham natsistlar Germaniyasini eslatuvchi totalitar jamiyat tasvirlangan. SSSRda bu roman taqiqlangandi, hozirda Belarusda ham unga taqiq qoʻyilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo