Foto: AFP
Janubiy Koreyaning lavozimidan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yol qarorgohining tashqi qismini qoʻriqlashga jalb etilgan harbiy boʻlinma ob'ekt hududida huquq-tartibot organlari xodimlarining kirishiga ruxsat berdi, deb yozmoqda Yonhap agentligi.
Korruptsiyani tergov qilish boshqarmasi (CIO) soʻrovidan keyin poytaxt mudofaasi qoʻmondonligiga boʻysunuvchi boʻlinma CIO tergovchilari, politsiya va Mudofaa vazirligi xodimlarining qarorgohga kiritilishiga rozi boʻlgan.
Yonhap’ning qayd etishicha, ushbu qadam Yun Sok Yolni hibsga olishda yordam berishi kerak: 15 yanvar kuni ertalab uni hibsga olishga ikkinchi marta urinish amalga oshiriladi.
Avvalroq Yun Sok Yol qoʻriqchilari qarorgoh hududiga zoʻravonlik bilan kirish qonunbuzilishi sifatida baholanib, bunday harakatlarga qarshi chora koʻrilishini ma'lum qilgandi. 14 yanvar kuni Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudining impichment ishi boʻyicha birinchi yigʻilishi Yun Sok Yolning oʻzi yoʻqligi bois toʻrt daqiqa davom etgan xolos va 16 yanvarga qoldirilgan.
Eslatib oʻtamiz, mamlakat prezidenti Yun Sok Yol ishini tergov qilayotgan janubiy koreyalik tergovchilar 3 yanvar kuni Seuldagi qarorgohiga uni qoʻlga olish uchun etib borgandi. Ammo qoʻriqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar