Nijniy Novgorod shahrida istiqomat qiluvchi 21 yoshli Anastasiya Propadeeva Qozon shahridagi akvaraparkdagi attraksionda uchayotib vafot etdi. Uning turmushga chiqqaniga endigina 10 kun bo‘lgandi.
14 oktyabr kuni turmushga chiqqan Anastasiya Propadeeva turmush o‘rtog‘i bilan to‘y sayohati uchun Tataristonga kelgan. Juftlik akvaparkka sayr uchun borgan. Park hududidagi “Bochka” nomli basseyn-attraksionda uchish vaqtida esa Anastasiyaning tobi qochgan.
“U suvga sakradi. O‘zi suzib basseyn chetiga keldi. Hech qaerga urilmadi, yiqilmadi. Jarayonni kuzatuv kameralari orqali ham ko‘rish mumkin”, deydi akvapark xodimi.
Anastasiya basseynning chetiga mustaqil suzib kelgan, biroq suv havzasidan chiqishga qiynalgan. Instruktorlar unga yordam taklif qilishgan, ahvolini so‘rashgan. Ayol hammasi yaxshi ekanini aytgan, biroq sanoqli soniyalardan so‘ng rangi oqarib, xushidan ketgan.
Shifkorlarning Anastasiyani jonlantirishga urinishlari besamar kechgan va u vafot etgan. O‘lim sababi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, akvaparkka uyushtirilgan to‘y sayohati Anastasiyaga kuyov tomonidan qilingan sovg‘aning bir qismi edi. Ikki yoshning oldinda yana qator niyatlari bor edi.
Anastasiya 1 oktyabr kuni endigina 21 yoshni qarshi olgandi. “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida u kelin ko‘ylakda tushgan suratini ilova qilib, surat ostiga “Shu bilan tamom. Mikrooila”, deya izoh qoldirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi