21:53 / 15.01.2025
72

Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi

Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Foto: Getty Images
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon xalqaro oʻyinchilarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi va Anqara mamlakatda terroristik guruhlarning faoliyatiga chek qoʻyish uchun etarli salohiyat va imkoniyatlarga ega ekanini aytdi.

Reuters nashrining xabar berishicha, bu haqda Turkiya etakchisi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi fraktsiyasi yigʻilishidagi nutqi chogʻida aytgan. Prezident oʻz nutqida Suriyada faoliyat yuritayotgan, eng avvalo, Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan bogʻliq terrorchi guruhlarni qurolsizlanishga chaqirdi. U, shuningdek, agar ular buni rad etsa, Anqara terrorizmni yoʻq qilish yoʻlini topishiga ishontirdi.

Avvalroq Hurriyet nashri Anqara, agar kurd terrorchilari qurollarini tashlamasa, Suriya bilan birgalikdagi operatsiyani boshlashi mumkinligi haqida xabar bergan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan agar hukumat tomonidan qoʻyilgan shartlar bajarilmasa, mamlakat Suriya hududida faoliyat koʻrsatayotgan kurd qurolli guruhlariga qarshi harbiy operatsiya oʻtkazishga majbur boʻlishi haqida ta'kidlagan.

Agar Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) terrorchilik tashkilotiga nisbatan kutilayotgan ishlar bajarilmasa, zarur choralar koʻriladi. Zarur chora esa harbiy operatsiyadir”, dedi vazir.

U talablar orasida Suriya hududidan xorijlik terrorchilarni chiqarib yuborish, harakat a'zolarining qolganini esa “qurollarini topshirib, yangi ma'muriyat bilan hamkorlik qilish” kabilarni sanab oʻtdi.

Erdoʻgʻon, shuningdek, Suriyaning parchalanishi xavfi tugʻilgan taqdirda “zarur choralar” koʻrishini aytgan.

Suriya rasmiylari ham kurd jangarilaridan qurollarini tashlashni talab qildi
Hurriyet nashri Suriyaning yangi hukumati mamlakat shimolida joylashgan Kurdiston ishchilar partiyasining (KIP) jangarilaridan qurollarini tashlashni talab qilgani haqida xabar bergan edi.

Damashqda KIPning Suriyadagi boʻlimi hisoblanmish — Xalq mudofaa kuchlari va Suriyaning yangi hukumati vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Ma'lum boʻlishicha, kurd tomoni qurollarni tashlash talabi evaziga Suriyaning yangi armiyasi tarkibida kamida bitta armiya korpusi yoki diviziyasini tashkil etish, shuningdek, mamlakat shimolidagi neft konlarini teng taqsimlashni taklif qilgan.

Biroq yangi hokimiyat KIPga qurollarini soʻzsiz tashlab qoʻyish shartini qoʻyib, bu masalani hatto muhokama qilmadi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo