Foto: epigram.org.uk
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi matbuotda HAMAS harakati Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy etish va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga rozi boʻlgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.
"Ma'lumotlarga qaramasdan, HAMAS hali ham kelishuv taklifiga javob bermadi", deydi Benyamin Netanyaxu idorasiga asoslanib The Times of Israel nashri.
Bugun, 15 yanvar kuni OAV Isroil rasmiylari kelishuv bugun kechqurun yoki payshanba kuni tushdan keyin imzolanishini kutishayotgani haqida xabar berdi. Xususan, Walla News nashri manbalarga tayanib, garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarda yutuq boʻlgani va HAMASning harbiy rahbari Muhammad Sinvar kelishuv shartlariga rozilik berganini yozdi. 13 yanvar kuni Reuters Qatar kelishuvning yakuniy loyihasini Isroil va HAMAS vakillariga topshirgani haqida xabar berdi.
14 yanvar kuni Qatar poytaxti Dohada Isroil va HAMAS oʻrtasida Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejimini joriy etish boʻyicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Qatar bosh vaziri maslahatchisi va TIV rasmiy vakili Majid bin Muhammad al-Ansoriy muzokaralar yakuniy bosqichda ekanligini ma'lum qildi. Shu bilan birga, u "hozir sodir boʻlayotgan narsadan juda xursand boʻlishning ma'nosi yoʻqligini" ta'kidladi. "Rasmiy e'lon qilinmaguncha, hech qanday kelishuv boʻlmaydi", deb xulosa qildi diplomat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi