Foto: Reuters
Xitoy boshqa mamlakatlarning rivojlanishini bostirishga va chegaralashga qaratilgan ikkiyuzlamachi siyosat olib borayotgan AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma'muriyati harakatlariga javoban choralar koʻradi. Bu haqda Xitoy Savdo vazirligi ma'lum qildi.
“Bayden hukumati oʻz vakolatlarining qolgan muddatidan foydalanib, Xitoyga nisbatan savdo cheklovlarini jadal joriy etmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Vazirlikning ta'kidlashicha, ular sanktsiyalar, cheklash va bostirishga tayanib, bir narsani aytib, amalda esa boshqa narsani koʻrsatmoqda.
“Bu XXR taraqqiyotini toʻxtata olmaydi, aksincha uning oʻz-oʻzini takomillashtirish jarayonini tezlashtiradi, ilmiy-texnik innovatsiyalar sohasidagi ishonchini va qobiliyatini yanada mustahkamlaydi”, deya qoʻshimcha qilgan vazirlik.
Xabarda qayd etilishicha, Oq uy milliy xavfsizlikni himoya qilish bahonasida Xitoyga bosim oʻtkazishga urinmoqda. Buning uchun yarim oʻtkazgichlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq eksport ustidan nazoratni kuchaytirmoqda, shuningdek, Xitoyning internetga ulanadigan dasturiy ta'minoti, uskunalari va transport vositalaridan foydalanishni cheklovchi qoidalarni joriy etmoqda.
Qoʻshma Shtatlar, shu bilan birga, dronlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari boʻyicha tekshiruvlar boshlab yubordi. Bundan tashqari, Amerika tomoni bir qator Xitoy kompaniyalariga qarshi sanktsiyalar qoʻllab, ularni obroʻsiz bozorlar roʻyxatiga kiritdi.
“Xitoy ushbu choralardan qat'iy norozi. Bayden ma'muriyatining bu harakatlari Xitoy korxonalarining qonuniy huquq va manfaatlarini jiddiy ravishda kamsitmoqda, bozor qoidalari va xalqaro savdo-iqtisodiy tartibni buzmoqda”, deyiladi Savdo vazirligi xabarida.
Vazirlikning qayd etishicha, bu nafaqat Xitoy-AQSh savdo-iqtisodiy munosabatlariga zarar etkazadi, balki jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga jiddiy ta'sir koʻrsatadi.
“Xitoy tegishli choralar koʻradi va oʻz suvereniteti, xavfsizligi hamda taraqqiyot manfaatlarini qat'iy himoya qiladi”, deya xulosa qilgan idora.
Bir kun avval AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi (DHC) Xitoyning 37 ta kompaniyasini uygʻurlarning majburiy mehnatidan foydalanadigan korxonalar roʻyxatiga kiritilganini e'lon qildi. Xitoyning eng yirik toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilaridan biri — Huafu Fashion hamda uning 25 ta boʻlinmasi ushbu qora roʻyxatga kiritildi. Quyosh panellarining yirik ishlab chiqaruvchilari, jumladan Donghai JA Solar va Jiangsu Meike Solar ham roʻyxatdan joy olgan.
Foto: Getty Images
Bundan tashqari, sanktsiyalar bir nechta akkumulyator batareyalari ishlab chiqaruvchilari va konchilik kompaniyalari ham qaratilgan. DHC bayonotiga koʻra, UFLPA qonuni ostida cheklov qoʻyilgan Xitoy kompaniyalarining umumiy soni 144 taga etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSh hududlarni qanday qoʻlga kiritgan edi?
Tramp bilan Ukraina boʻyicha muzokaralarda Putin nimalar talab qilishi aytildi
Tramp Isroil va HAMAS oʻrtasida kelishuvga erishilganini e'lon qildi
Los-Anjelesda “oʻta xavfli vaziyat” e'lon qilindi
Isroil HAMAS bilan kelishuvga erishganini rad etdi
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi