Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin zaxiradagilarni harbiy yigʻinlarga chaqirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy ma'lumotlar portalida e'lon qilindi.
Farmonga muvofiq, harbiy yigʻinlarga zaxiradagi fuqarolar jalb etiladi. Yigʻinlar RF Qurolli kuchlari, Milliy gvardiya va FVVning qutqaruv boʻlinmalari tarkibida oʻtkaziladi.
Hujjatda aytilishicha, Rossiya hukumati va mintaqaviy ijroiya organlari tadbirlar oʻtkazilishini ta'minlashi shart. Farmon e'lon qilingan kundan – 16 yanvardan kuchga kiradi.
Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti bu kabi farmonni har yili imzolaydi. Oʻtgan yilda Putin bunday hujjatga mart oyida, 2023 yilda esa mayda imzo chekkan.
Prezident farmoni asosida Mudofaa vazirligi safarbarlik boshqarmasi tegishli direktivani tayyorlaydi, u esa oblastlardagi «voyenkomat»larga yuboriladi va shundan keyin zaxiradagi rossiyaliklarga chaqiruv qogʻozlari joʻnatiladi.
Rossiyada armiyaga kuzgi chaqiruv 28 dekabrda yakunlangan. Qurolli kuchlar tarkibiga 133 ming kishi jalb etilgan. Chaqiruv komissiyalari 1 oktyabrdan ish boshlab, chaqiriluvchilarni 15 oktyabrdan qoʻshinlarga yuborishga kirishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar