762
Rossiyada endi ish beruvchilarga noqonuniy migrantlar bilan mehnat shartnomasi tuzish taqiqlandi
2025 yil 5 fevraldan boshlab Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgan xorijiy fuqarolarning elektron reyestri ishlay boshlaydi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy ma'lum qildi.
Unga koʻra, reyestr har kuni yangilanadi va undan ish beruvchilar, tadbirkorlar, chet el fuqarolari bilan mehnat shartnomasi tuzishni rejalashtirayotganlar, davlat idoralari foydalanishi mumkin.
“Barcha organlar u erga [portalga] borib, har bir fuqaroni qayta tekshirishi mumkin, u har kuni yangilanadi va biz ushbu manbaga tayanamiz”, dedi u.
«Ichki ishlar vazirligi axborot markazi negizida chet el fuqarosining Rossiyada qonuniyligini tekshirish imkonini beruvchi ochiq ma'lumotlar bazasi ishlaydi va shundan keyingina qonun ish beruvchiga u bilan mehnat shartnomasini tuzish huquqini beradi», dedi Gorovoy.
Uning qoʻshimcha qilishicha, portalning texnik tayyorgarligi allaqachon ta'minlangan va hozir u toʻldirilmoqda. Yangi qoidalarga koʻra, noqonuniy migrantlarning turmush qurishi yoki ajrashishi, transport vositalarini boshqarishi yoki roʻyxatdan oʻtkazishi, aviachiptalar sotib olishi mumkin emas.
Uning soʻzlariga koʻra, bu “Rossiya hududida chet el fuqarolarining mavjudligini aniqlashtirishga” olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar