date
views 186

Tramp lavozimga kirishishi bilan keskin immigratsiya siyosatini qoʻllashi kutilmoqda

Tramp lavozimga kirishishi bilan keskin immigratsiya siyosatini qoʻllashi kutilmoqda
Foto: NBC News
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi 20 yanvar kuni oʻtkaziladigan tantanali marosimdan bir necha soat oʻtgach e'lon qilinadigan “qattiq immigratsion” qonunlar toʻplami ustida ishni yakunlamoqda.

Manbalarga koʻra, bu “AQShda allaqachon istiqomat qilayotgan muhojirlar, shuningdek, AQSh va Meksika chegarasida boshpana izlayotganlarga nisbatan ta'qiblar boshlanishiga olib keladi”. Noqonuniy migrantlarni keng koʻlamda chiqarib yuborish rejalari megapolislarda immigratsiya va bojxona xizmatlari tekshiruvlarini, Pentagonning qoʻshimcha resurslarini AQShning janubiy chegarasiga joʻnatishni, mamlakatga kirish uchun yanada qattiqroq cheklovlar joriy etishni oʻz ichiga oladi.

Tramp ilgari bir necha bor inauguratsiyadan keyin Amerika tarixidagi eng katta koʻlamdagi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish operatsiyasini oʻtkazishni maqsad qilganini aytgan edi. Shuningdek, dastlabki bosqichlarda mamlakatdan 1 million kishini chiqarib yuborish rejalashtirilgani xabar qilingan.

Migratsiya siyosatini rivojlantirish xalqaro markazi hisoboti mualliflarining baholashicha, AQShning yangi ma'muriyati tomonidan immigratsiya qoidalarining qattiqlashtirilishi, jumladan mamlakatda noqonuniy yashovchi millionlab odamlarning deportatsiya qilinishi Evropaga migrantlarning yangi toʻlqiniga sabab boʻlishi mumkin.

Qayd etilishicha, bunda Evropa ittifoqi mamlakatlariga koʻchib boruvchilarning sezilarli qismini Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolari tashkil etadi. Hisobot mualliflarining ma'lumotlariga koʻra, sayyoraning ushbu qismidan kelganlar allaqachon EIda boshpana soʻrab murojaat qilganlarning umumiy sonida “katta ulushni” tashkil etadi. Shu bilan birga, ularning koʻpchiligiga hamjamiyatga kirish uchun viza talab qilinmaydi.

Tramp saylovoldi kampaniyasidagi ommaviy deportatsiya haqidagi va'dasini bajarishdan boshqa chorasi yoʻqligini aytgan edi.

Foto: AP
Bizda aslida tanlov yoʻq”, degan Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida.

U Jo Bayden ma'muriyatining “oʻta yumshoq” siyosati Qoʻshma Shtatlarning uchinchi dunyo davlatiga aylanishiga olib kelganini bir necha bor ta'kidlagan. Tramp oʻz chiqishlarida migrantlarga nisbatan qattiqroq choralar koʻrish va mavjud migratsiya dasturlarini qayta koʻrib chiqish zarurligini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp lavozimga kirishishi bilan keskin immigratsiya siyosatini qoʻllashi kutilmoqda