
Foto: RIA Novosti
Eron prezidenti Mas'ud Pizishkiyon va Rossiya prezidenti Vladimir Putin keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi, deb xabar beradi Kreml matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ikki davlat oʻrtasidagi shartnoma «barcha sohalarni, jumladan, mudofaa, terrorizmga qarshi kurash, energetika, moliya, transport, sanoat, qishloq xoʻjaligi, madaniyat, ilm-fan va texnologiyani qamrab oladi».

«Buning ustida anchadan beri ishlab kelayotgandik va ish yakuniga etganidan juda mamnunman. Uning muhimligi shundaki, bu bizga oʻzaro munosabatlarimizning deyarli barcha sohalariga qoʻshimcha turtki berish imkoniyatini taqdim etadi», — deydi Rossiya prezidenti.
Eronning Rossiyadagi elchisi Kozim Jaloliyning soʻzlariga koʻra, hujjat 47 ta moddadan iborat. Hujjat matni rasman e'lon qilinmadi.

Ilgari ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar 2001 yilda imzolangan hujjat bilan tartibga solib kelingan. Har besh yilda u avtomatik ravishda uzaytirilgan. Yangi shartnoma ustidagi ishlar 2022 yildan beri davom etib kelayotgan edi, oʻtgan yilning iyunida esa tomonlar hujjat matnini kelishib olgani ma'lum boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, 17 yanvar kuni Eron prezidenti Mas'ud Pizishkiyon rasmiy tashrif bilan Rossiyaga bordi. Putin bilan uchrashuv davomida u global va mintaqaviy kun tartibidagi asosiy masalalarni muhokama qilgan. Ular orasida Yaqin Sharqdagi vaziyatning rivojlanishi, jumladan, Suriya va Falastin—Isroil mojarosi, Kavkazortidagi vaziyat hamda Eron yadro dasturi bilan bogʻliq masalalar ham bor.
Eron prezidenti Mas'ud Pizishkiyon Rossiya prezidenti Vladimir Putin Strategik sheriklik Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar