Foto: AP
Telegram asoschisi Pavel Durov frantsiyalik tergovchilarga foydalanuvchilarning messenjer qoidalariga boʻysunishini muntazam nazorat qilish jarayonini yaxshilashga va'da berdi.
France Info radiostantsiyasi ma'lumotlariga koʻra, Durov dekabr oyidagi soʻroq vaqtidayoq «moderatsiya jarayonini yaxshilashini» ma'lum qilgan. Shuningdek, u messenjer har oy «dunyo boʻylab qonunchilikni buzgan 15-20 million akkauntni» oʻchirib tashlayotganini bildirgan. Radiostantsiyaning qayd etishicha, Durov noqonuniy kontentga qarshi kurash muammosi faqat Telegramʼga emas, balki boshqa shu kabi servislarga ham taalluqli ekanini ta'kidlagan.
Sud tergovchilari oʻz navbatida, Durov tomonidan koʻrilayotgan sa'y-harakatlarga qaramay, soʻnggi oylarda noqonuniy maqsadlarda Telegramʼdan foydalanish holatlari ortganini bildirgan.
Telegram asoschisi Pavel Durov avgust oyi oxirida Parij aeroportida hibsga olingan edi. U messenjerni etarlicha moderatsiya qilmaganlikda gumon etilmoqda. Jandarmeriya ma'lumotlariga koʻra, bu va uning hamkorlik qilishdan bosh tortishi uni bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni tarqatishda sherik qiladi. Keyinroq Durov 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiya boʻlimiga xabar berish majburiyati evaziga ozod qilindi.
Noyabr oyida Belgiya federal prokuraturasi Telegram messenjeri faoliyatini 2020 yildan buyon tergov qilayotgani va endi bu borada Fransiya rasmiylari bilan hamkorlik qilishi ma'lum boʻlgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar