10:30 / 18.01.2025
74

Entoni Blinken: “Donald Tramp Ukraina uchun foydali kelishuvga erisha oladi”

Entoni Blinken: “Donald Tramp Ukraina uchun foydali kelishuvga erisha oladi”
AQShning saylangan prezidenti, respublikachilar etakchisi Donald Tramp Ukraina uchun yaxshi kelishuvga erisha oladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Germaniyaning NTV telekanali.

Uning ta'kidlashicha, Tramp ma'muriyati yaxshi va mustahkam tinchlik kelishuvi yoʻlida harakat qiladi.

Ishonchim komilki, agar ukrainaliklar xohlasa, yangi ma'muriyat qulay kelishuv boʻyicha muzokaralarda yordam bera oladi. AQShning amaldagi prezidenti Jozef Bayden ma'muriyati va boshqa xalqaro hamkorlar tufayli Rossiya Ukrainani oʻziga boʻysundira olmadi”, dedi Blinken. 

Avvalroq Tramp prezidentlikka kelganidan keyin 100 kun ichida urushni tugatishga harakat qilishini aytgan edi. 

Trampning Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakili Kit Kellogning ta'kidlashicha, Tramp yaqin kelajakda urushni tugatish qobiliyatiga ega.

Menimcha, u (Tramp) buni yaqin kelajakda uddalay oladi. Men uning bu urush haqiqatan ham tugashiga olib keladigan vaziyatga erishish qobiliyatiga ishonaman”, degan u.

Kellogning soʻzlariga koʻra, Tramp Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish jarayonida Moskva yoki prezident Vladimir Putinga yon berish niyatida emas.

Odamlar shuni bilishlari kerakki, u Putin yoki ruslarga biror narsa berishga urinmayapti. U Ukrainani qutqarishga va uning suverenitetini saqlab qolishga harakat qilmoqda, hamda bu adolatli va haqqoniy boʻlishiga ishonch hosil qilmoqchi”, dedi Kellog.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo