Tramp inauguratsiyasidan keyin muhojirlarga qarshi keng koʻlamli reydlar boshlanadi. Bu haqda maxsus operatsiya rejadan xabardor manbalarga tayanib Wall Street Journal xabar berdi.
Birinchi maqsad — Chikago boʻladi. Reyd seshanba kuni ertalab, inauguratsiyadan keyingi kun boshlanadi va bir hafta davom etadi, deb yozadi nashr. AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati amaliyotga 100 dan 200 nafargacha ofitserni jalb qiladi.
Qayd etilishicha, immigratsiya amaldori Tom Xoman rejalashtirilgan operatsiya haqida oʻtgan oyda bilgan. «Agar Chikago meri yordam berishni istamasa, chetga chiqishi mumkin. Ammo agar u bizning ishga aralashsa, bila turib noqonuniy muhojirni yashirsa yoki yashirishga urinsa, men uni jinoiy javobgarlikka tortaman», dedi Xoman Chikagoga safari chogʻida.
Chikagodan soʻng Nyu-York, Los-Anjeles, Denver va Mayamida reydlar oʻtkazilishi mumkin, deb yozadi nashr.
Tramp saylovoldi tashviqoti davomida noqonuniy muhojirlarga qarshi kurashni oʻzining asosiy vazifalaridan biri deb bilishini bir necha bor ta'kidlagan va ommaviy deportatsiyalarni boshlashga va'da bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar