Rossiya armiyasi 18 yanvarga oʻtar kechasi Kiyevga ballistik raketalar va dronlar bilan hujum qildi, deb xabar berdi shahar meri Vitaliy Klichko.
Foto: svoboda.org
Uning aytishicha, Shevchenko tumanida bombardimon oqibatida noturar joyda yongʻin chiqqan.
Kiyev shahar harbiy ma'muriyati boshligʻi Timur Tkachenko aniqlik kiritib, Shevchenko tumanidagi hujum oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgani va yana uch kishi jarohat olgani haqida ma'lumot berdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, urib tushirilgan snaryadlar parchalari poytaxtning Desnyansk va Goloseyev tumanlariga tushgan.
Foto: svoboda.org
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma'muriy bino, biznes markaz va doʻkonning qisman vayron boʻlganini ma'lum qildi. Shuningdek, oʻnta avtomashina shikastlangan. Bundan tashqari, “Lukyanovskaya” metro bekati kirish qismi shikastlangani sababli vaqtincha yopilgan. Shevchenko tumanida suv ta'minoti quvuri shikastlangan.
Foto: svoboda.org
18 yanvar kuni ertalab Rossiya qoʻshinlari Zaporoje markaziga ballistik raketalar bilan zarba berdi. Zaporoje viloyati davlat ma'muriyati rahbari Ivan Fedorovning xabar berishicha, hujum oqibatida ma'muriy binolar vayron etilgan, turar joylar va shaxsiy transport vositalari shikastlangan. 10 kishi jarohat olgan: ikki kishiga voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatilgan, sakkiz kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Foto: svoboda.org
Ukraina QK Havo kuchlari qoʻmondonligi 18 yanvarga oʻtar kechasi Rossiya qoʻshinlari 39 ta Shahed tipidagi zarba beruvchi dronlar, shuningdek, toʻrtta Iskander-M/KN-23 ballistik raketalarini uchirganini ma'lum qildi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Poltava, Sumi, Xarkov, Cherkasi, Chernigovsk, Kiyev, Xmelniskiy, Jitomir, Kirovograd, Dnipropetrovsk, Xerson va Donesk kabi viloyatlarda ikkita raketa va 24 ta dronni urib tushirishga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar