Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon yaqin kelajakda Suriya shimolida faoliyat yuritayotgan, Anqara tomonidan terrorchi deb e'tirof etilgan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) jangarilarini qat'iy yoʻq qilish istagini bildirdi.
“Biz KIP-XMK (KIPning Suriya tarmogʻi — “Xalq mudofaa kuchlari”) terrorchilik tashkilotiga hech qanday toqat qilmaymiz. Agar Suriya hududining uchdan bir qismini bosib olgan XMK guruh rahbari Abdulloh Oʻjalonning qurolni tashlash haqidagi chaqirigʻiga quloq solmasa, yaqin orada bu masalani tubdan hal qilish uchun qat'iy choralar koʻramiz”, dedi Erdoʻgʻon.
Erdoʻgʻonning Turkiyadagi hukmron koalitsiyadagi hamkori, Millatchi harakat partiyasi (MHP) etakchisi Davlat Bahchali avvalroq kurd masalasini hal qilish boʻyicha taklif bilan chiqib, umrbod qamoq jazosini oʻtayotgan KIP rahbari Oʻjalonni oʻz tarafdorlariga taslim boʻlish tashabbusi bilan chiqishga da'vat etgandi.
Kurd tarafdori DEM partiyasi vakillari 2024 yil oxirida Marmara dengizidagi Imrali orolidagi qamoqxonada Oʻjalan bilan muzokara oʻtkazgan edi. Turkiya hukumatini qoʻllab-quvvatlovchi OAVlarning xabar berishicha, u fevral oyining oʻrtalarigacha KIPga Turkiyaga qarshi qurolli qarshilikni toʻxtatish uchun murojaat qilishi mumkin.
Turkiya etakchisi avval ham xalqaro oʻyinchilarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirib, Anqara mamlakatda terroristik guruhlarning faoliyatiga chek qoʻyish uchun etarli salohiyat va imkoniyatlarga ega ekanini aytgan edi.
Prezident KIP bilan bogʻliq terrorchi guruhlarni qurolsizlanishga chaqirgan. U, shuningdek, agar ular buni rad etsa, Anqara terrorizmni yoʻq qilish yoʻlini topishiga ishontirgan.
Hurriyet nashri ham Anqara, agar kurd terrorchilari qurollarini tashlamasa, Suriya bilan birgalikdagi operatsiyani boshlashi mumkinligi haqida xabar bergan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan agar hukumat tomonidan qoʻyilgan shartlar bajarilmasa, mamlakat Suriya hududida faoliyat koʻrsatayotgan kurd qurolli guruhlariga qarshi harbiy operatsiya oʻtkazishga majbur boʻlishi haqida ta'kidlagan.
“Agar Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) terrorchilik tashkilotiga nisbatan kutilayotgan ishlar bajarilmasa, zarur choralar koʻriladi. Zarur chora esa harbiy operatsiyadir”, degan vazir. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar