00:26 / 19.01.2025
33

Isroil tinchlik kelishuvining birinchi bosqichini bajarishga tayyor

Isroil tinchlik kelishuvining birinchi bosqichini bajarishga tayyor
Isroil armiyasi garovga olinganlarni qaytarish boʻyicha kelishuvni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri maslahatchisi Dmitriy Gendelman oʻzining Telegram kanalida ma'lum qildi.

Kelishuvni amalga oshirish doirasida Isroil armiyasi tasdiqlangan operativ rejaga muvofiq harakat qiladi. Armiya HAMAS qoʻlidan ozod etilishi kutilayotgan garovga olinganlarni qabul qilishga tayyorlanmoqda”, deyiladi xabarda.

Rasmiy, shuningdek, Isroil harbiylari “Isroil fuqarolari, ayniqsa chegaradosh hududlar aholisi xavfsizligini ta'minlash choralarini koʻrishda davom etishini” ta'kidladi. Gendelman ozod etilganlarga har tomonlama — ham jismoniy, ham ruhiy yordam koʻrsatilishini aytdi.

Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish joriy yilning 19 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:30 da boshlanadi. 17 yanvar kuni Isroil va HAMAS AQSh va Qatar vositachiligida garovga olinganlarni ozod qilish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagandilar.

Misr TIV kelishuvning birinchi bosqichida Isroil 1890 nafar falastinlik mahbusni, HAMAS bunga javoban 33 nafar garovga olinganlarni ozod qilishi haqida xabar berdi.

Foto: Getty Images
"42 kun davom etadigan birinchi bosqichda HAMAS Isroil tomonidan 1890 dan ortiq mahbusni ozod qilish evaziga 33 nafar garovga olinganlarni ozod qiladi", deyiladi xabarda.

Oʻz navbatida, Netanyaxu hukumat HAMASdan ozod qilinishi kerak boʻlgan garovdagilar roʻyxatini hali olmaganligini ma'lum qildi.

"Kelishilganidek, ozod etiladigan garovdagilar roʻyxatini olmagunimizcha kelishuv boʻyicha oldinga siljimaymiz. Isroil bitimning buzilishiga yoʻl qoʻymaydi. Buning toʻliq javobgarligi HAMASning zimmasida", dedi Isroil bosh vaziri.

Isroil va HAMAS oʻrtasidagi kelishuvga koʻra, HAMAS ayirboshlashdan 24 soat oldin ozod qilinadigan garovdagilarning ismlari roʻyxatini taqdim etishi kerak.

2023 yil 7 oktyabrda HAMAS jangarilari Isroil hududiga bostirib kirib, 253 kishini oʻgʻirlab, anklavga olib ketgan. Bunga javoban Isroil harakatni tor-mor qilish va uning infratuzilmasini yoʻq qilish maqsadida harbiy operatsiya boshlaganini e'lon qildi. Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga koʻra, Isroil armiyasi operatsiyalarida 46 899 nafar falastinlik halok boʻlgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo