10:25 / 19.01.2025
218

Rossiya armiyasi Kiyev shahriga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)

Rossiya armiyasi Kiyev shahriga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)
Foto Ukrinform
Rossiya harbiylari 18 yanvar tongida Kiyev boʻylab zarba berdi. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko shaharda Rossiya dronlari va ballistik raketalari hujumini qaytarish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushganini xabar qilgan.

Merning soʻzlariga koʻra, hujum oqibatida Shevchenkovo rayonida noturar joy binosi yonib ketgan, turar joy binosi, suv ta'minot quvuri hamda «Lukyanovskaya» metro bekatiga kirish joyi shikastlangan. Bekat bir necha soatga yoʻlovchilar foydalanishi uchun yopib qoʻyilgan. Guvohlar voqea joyida olgan videoga koʻra, quvur yorilishi orqali atrofdagi koʻchalarni suv bosgan.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat xizmati ham RFning Kiyev boʻylab zarbasi joyida ma'muriy bino, biznes markaz hamda doʻkon qisman vayron boʻlgani, oʻnlab avtomobillar shikastlanganini ma'lum qilgan.

Uch kishi halok boʻlgan — 43 va 25 yoshlardagi erkaklar hamda 41 yoshli ayol, yana uch kishi yaralangan.

Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qoʻmondonligi ma'lumotiga koʻra, Rossiya armiyasi tunda Ukraina boʻylab Shaheed tipidagi 39 ta zarbdor dron va imitator (soxta) dronlar, shuningdek, «Iskander-M»/KN-23 ballistik raketasini uchirgan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari ikki raketa va 24 ta dronni urib tushirgan, yana 14 ta imitator dron oʻzi qulab tushgan.

«Afsuski, dushmanning Kiyev boʻylab zarbasi oqibatida odamlar halok boʻldi — urib tushirilgan ballistik raketalar shaharning Shevchenkovo rayoni hududiga quladi», — deyilgan Ukraina qurolli kuchlari bayonotida.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya armiyasining Kiyev boʻylab zarbasini sharhlarkan, faqat fuqarolik infratuzilmalari shikastlanini qayd etib oʻtgan: turar joy binosi, metro bekati, ​​doʻkonlar, kafe.

Bu vaqtda RF mudofaa vazirligi zarba nishoni «Luch» konstruktorlik byurosi boʻlganini ma'lum qildi — bu Ukraina harbiy-sanoat kompleksining katta masofaga harakatlanuvchi «Neptun» boshqariluvchi raketalari hamda «Olxa» baravar oʻt ochish tizimlari uchun reaktiv snaryadlar loyihalashtiriladigan hamda ishlab chiqariladigan korxonasidir.

Rossiyalik harbiylar Kiyev boʻylab zarbani Belgorod oblastidagi fuqarolik infratuzilmalari amerikaliklarning ATACMS raketalari bilan oʻqqa tutilishiga javob deb atagan. «Zarbadan maqsadga erishildi, barcha ob'ektlar aniq nishonga olindi», — deyilgan RF mudofaa vazirligi xabarida.

Ochiq ma'lumotlarga koʻra, «Luch» konstruktorlik byurosi Kiyevning Shevchenkovo rayonidagi Ilenko koʻchasi, 2-uyda, «Lukyanovskaya» metro bekati yaqinida joylashgan.

«Lukyanovskaya» metro bekatiga kirish joyi ham Rossiya zarbasi oqibatida shikastlangan, 2025 yil 18 yanvar
Sergey Dolzhenko / EPA. / Scanpix / LETA


RF hprbiylarining Kiyev boʻylab raketa zarbasi oqibatlari, 2025 yil 18 yanvar
Sergey Dolzhenko / EPA. / Scanpix / LETA


RF armiyasining Kiyevning Shevchenkovo rayoniga yoʻllangan raketa zarbasi joyida turgan mahalliy aholi vakili, 2025 yil 18 yanvar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA


RF harbiylarining Shevchenkovo rayoni boʻylab raketa zarbasi qurbonlari, 2025 yil 18 yanvar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo