Foto: AP
Qozogʻistonning Olmaota shahri Qorasoy tumanida sud olti nafar politsiyachining har birini 2022 yil yanvarida mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar paytida qoʻllagan qiynoqlar uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Jabrlanganlar orasida Tojikiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari ham boʻlgani aytilmoqda.
Sud ma'lumotlariga koʻra, 2022 yil yanvarida 44 kishi, jumladan, migrantlar hibsga olingan va politsiyaning maxsus izolyatoriga joylashtirilgan, ular qiynoqqa solingan. Politsiyachilar aybi guvohlarning koʻrsatmalari, ekspertiza natijalari va sudda taqdim etilgan boshqa dalillar bilan isbotlangan. Ta'kidlanishicha, hukm hali kuchga kirmadi, ayblanuvchilar apellyatsiya berishi mumkin.
Qozogʻistonda 2022 yil yanvar oyida ommaviy tartibsizliklar boʻlib oʻtdi, namoyishchilar ma'muriy binolar, politsiya va harbiy xizmatchilarga hujum qildi. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev davlat toʻntarishiga urinish haqida e'lon qildi va KXShT kuchlaridan yordam soʻradi. 7 yanvarga kelib vaziyat barqarorlashdi, 19 yanvardan esa butun mamlakat boʻylab favqulodda holat bekor qilindi. Tartibsizliklar oqibatida 238 kishi halok boʻldi, 4,5 mingdan ortiq kishi jarohatlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar