23:43 / 20.01.2025
11

Asir: Ukraina oʻz harbiylariga kamikadze dronlari bilan hujum qildi

Asir: Ukraina oʻz harbiylariga kamikadze dronlari bilan hujum qildi
Foto: rutube.ru
Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaga taslim boʻlgan oʻz harbiylariga dronlar bilan hujum qilgan. Bu haqda ukrainlik harbiy xizmatchi Evgeniy Aksyonov RIA Novostiga ma'lum qildi.

Aksyonov Kuraxovoda asirga olingan oxirgi 11 nafar ukrainlik askardan biri. U oʻz safdoshlari asirga olingan ukrainlik askarlarga kamikadze dronlari bilan qasddan hujum qilganini aytib berdi.

Toʻrt kishi chiqdi – ular yaralandi. Bir kishi, bizning komandirimiz, toʻrt kishilik guruhning kattasi oʻldirilganini bilaman. Avvaliga ular unga “tomchilar” tashlashdi, ikkinchi marta chekinishga urinish paytida unga FPV (kamikadze dron – tahr.) kirib keldi. Biz keyingi toʻrt kishi chiqdik, lekin hech kim jabrlanmadi. Ammo keyingilar ham yaralandi - oyoqlari koʻkargan, parcha birining orqasida, ikkinchisining boshqa joyida", — dedi Aksyonov.

Uning ishonchi komilki, qoʻlga olingan safdoshlari Rossiya askarlari bilan birga ketgani uchun Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan hujumga uchragan.

Ular (Rossiya harbiylari – tahr.) radio orqali bogʻlangan, ularga koridor berilgan... Bundan kelib chiqadigan boʻlsak, bitta variant bor - (ularni kim tugatdi - tahr.) bu Ukraina qoʻshinlari edi. Ular bizni chiqarayotganlarini tushunishlari kerak edi. Menimcha, ular bilishgan", deb qoʻshimcha qildi harbiy asir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo