06:51 / 21.01.2025
205

Xitoylik qiz mushugi tufayli ish va mukofotdan mahrum boʻldi

Xitoylik qiz mushugi tufayli ish va mukofotdan mahrum boʻldi
Foto: Shutterstock
Xitoyda yashovchi 25 yoshli qiz yanvar oyi boshida ishdan boʻshash haqida oʻylay boshlagan va ariza qoralamasini elektron pochtasiga yozib qoʻygan. Qizning mushugi tasodifan panjasi bilan xabar yuborish tugmasini bosib, xatni rahbariyatga joʻnatdi, deb xabar bermoqda South China Morning Post.

Qiz ishdan boʻshashga ikkilanayotgan edi. Chunki uning toʻqqizta mushugi bor, ularni boqish uchun esa pul kerak. Uydagi videokuzatuv kamerasi mushuklardan biri stolga sakrab chiqib, noutbukdagi tugmani bosganini va natijada boshliqqa xabar yuborilganini qayd etgan.

Qiz darhol rahbariyatga murojaat qilib, vaziyatni tushuntirishga uringan, ammo uni tinglashmagan. U nafaqat ishidan ayrildi, balki koʻplab Xitoy kompaniyalari Bahor bayrami (Xitoy taqvimi boʻyicha Yangi yil) arafasida beradigan yillik mukofotdan ham mahrum boʻldi.

Qiz bayramdan soʻng yangi ish izlay boshlashini aytdi. Internet foydalanuvchilari qizning ustidan hazillashib, mushuk uning boshligʻiga katta miqdordagi pulni tejab berganini ta'kidlashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo