09:09 / 21.01.2025
90

Tramp ilk prezidentlik farmonlarini imzoladi (video)

Tramp ilk prezidentlik farmonlarini imzoladi (video)
AQSh prezidenti lavozimiga kirishgan Donald Tramp Vashingtondagi Capital One stadionida tarafdorlar oldida soʻzga chiqib, dastlabki toʻqqizta farmonni imzoladi. Translyatsiyani ABC YouTube'da olib boradi.

Foto: Reuters
Birinchi imzolangan farmonlar Jo Bayden davrida qabul qilingan 78 ta qarorni bekor qilish, shuningdek, AQShning Parij bitimidan chiqishni ham oʻz ichiga oladi. Donald Trampning dastlabki farmoyishlari qatorida quyidagilar ham bor:
  • Federal hukumat ustidan “toʻliq nazorat oʻrnatilgunga qadar” amaldorlar tomonidan yangi me'yoriy hujjatlar qabul qilinishini vaqtinchalik toʻxtatish;
  • Federal hukumatga soʻz erkinligini tiklash va tsenzurani bekor qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
  • Harbiy xizmatchilar va ayrim boshqa toifalardan tashqari davlat xizmatiga ishga qabul qilishni toʻxtatib turish;
  • Barcha davlat xizmatchilariga masofaviy ish shaklidan voz kechib, darhol ofislarga qaytish haqidagi farmoyish;
  • Barcha federal idoralarga yashash qimmatlashuvi muammosini hal etish bilan shugʻullanish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
  • Oldingi administratsiyaning siyosiy raqiblarini ta'qib qilish uchun sud tizimidan foydalanishni taqiqlash;
  • BMTga AQShning Iqlim boʻyicha Parij bitimidan chiqishi haqidagi maktub.


Hujjatlarni tasdiqlashni yakunlagach, Tramp oʻz tarafdorlari toʻdasiga farmoyishlarni imzolagan bir nechta ruchkani otib yuborgan. Tadbirdan soʻng u yangi farmonlarni imzolash uchun Oq uyga yoʻl olgan.

AQShdagi 5 noyabr kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda Tramp 312 ta, Harris esa 226 ta ovoz olgandi. Gʻalaba qozonish uchun esa 270 ta ovoz olish lozim edi. Tramp rasman 2025 yil 20 yanvarda davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

U prezidentlik davrida urushni 24 soat ichida tugatishni va'da bergan, shuningdek, Ukrainaga harbiy yordam ajratilishini tanqid qilgan. Urushni bir sutka ichida tugatish va'dasi haqida inauguratsiyadan keyin shunday degan:

Faqat yarim kun oʻtdi. Yana yarim kun vaqtim bor. Koʻramiz. Biz ulgurishni istaymiz, deya javob bergan AQSh prezidenti.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo