Turkiyaning Kartalkaya togʻ-changʻi kurortidagi mehmonxonada yongʻin chiqdi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok boʻldi, 32 kishi jarohatlandi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Yongʻin 12 qavatli yogʻoch mehmonxonada yongʻin sodir boʻlgan va tezda butun binoga tarqalgan. Qutqaruvchilar dam olayotganlarni evakuatsiya qilib, kurortning toʻrtta mehmonxonasiga joylashtirgan. Oʻt oʻchiruvchilar olovni oʻchirishda davom etmoqda.
Foto: Kocaelifikir
Yangilangan ma'lumotlarga koʻra, yongʻin mehmonxonaning restoran qismida boshlangan, xodimlar choralar koʻrgan, oʻt oʻchiruvchilar taxminan 40-45 daqiqadan soʻng voqea joyiga etib kelgan.
“Yongʻinni bartaraf etishda turli davlat idoralari va tashkilotlarining 267 nafar xodimi ishtirok etdi va bu ishlar davom etmoqda”, dedi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya.
Kartalkaya — Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi togʻ-changʻi kurorti. U Bolu provintsiyasida, Keroglu togʻ tizmasi hududida joylashgan. Togʻ tizmasining eng baland nuqtasi — Keroglu tepesi. U dengiz sathidan 2499 metr balandlikda joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar