21:34 / 22.01.2025
76

Tramp ma'muriyati Gʻazo boʻyicha kelishuvning ikkinchi bosqichi ustida ish boshladi

Tramp ma'muriyati Gʻazo boʻyicha kelishuvning ikkinchi bosqichi ustida ish boshladi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Isroil va Falastinning HAMAS tashkiloti oʻrtasidagi kelishuvning ikkinchi bosqichini muvofiqlashtirish boʻyicha ishni boshladi, deb xabar bermoqda Politico.

Nashrning qayd etishicha, ushbu bosqich qolgan garovdagilarni ozod etish, doimiy oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarini Falastin hududidan toʻliq olib chiqib ketishni nazarda tutadi.

Bayden bizga qoldirgan narsa bu oxirning boshlanishi emas, balki boshlanishning oxiridir”, dedi Tramp jamoasidan boʻlgan amaldor.

Politico'ning qayd etishicha, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uols va 21 yanvar kuni davlat kotibi lavozimini egallagan Marko Rubio bu masala ustida “zudlik bilan” ish boshlaydi.

Manbalar yangi ma'muriyatning Yaqin Sharq siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida Isroil va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirishni koʻrsatishdi.

Isroil va HAMAS oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish bitimi kuchga kirdi

Bitimning birinchi bosqichida HAMAS Isroil tomoniga 33 nafar garovga olinganlarni topshiradi, ularning aksariyati tirik deb taxmin qilinmoqda. Bular asosan ayollar, bolalar, keksalar, bemorlar va yaradorlardir. Bunga javoban Isroil yuzlab falastinlik mahbuslarni qamoqdan ozod qiladi.

Kelishuv shartlariga koʻra, Isroil armiyasi Gʻazo sektori hududlarining aksariyat qismidan chiqib ketadi, faqatgina Gʻazo sektori va Misr oʻrtasidagi Filadelfiya yoʻlagida, shuningdek, Falastin eksklavi va Isroil chegarasidagi maxsus bufer hududida harbiy mavjudligini saqlab qoladi. Gʻazoning tinch aholisi oʻz uylariga, jumladan, janglar tufayli eng koʻp zarar koʻrgan shimoliy hududlarga ham qaytish imkoniyatiga ega boʻladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo