Foto: AP
Tayvan hukumati 120 mingta yashil iguanani yoʻq qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi orol Qishloq xoʻjaligi vazirligi.
Qayd etilishicha, Tayvanda tabiiy dushmanlari boʻlmagan ushbu kaltakesaklar qishloq xoʻjaligiga jiddiy zarar etkazmoqda.
«Koʻpchilik ularni qanchalik katta boʻlib ketishi va uzoq yashashini bilmagan holda, yoqimtoy kichik uy hayvoni deya sotib olgan. Shu boisdan ular yovvoyi tabiatga qoʻyib yuborilgan va iguanalar Tayvan muhitiga moslashib ketgan… Bu esa ularga katta tezlikda koʻpayish imkonini berdi, natijada, ularni yoʻq qilib, tabiat muvozanatini toʻgʻrilashga majburmiz”, — deydi Pindun uyezdi qishloq xoʻjaligi departamenti vakili Li Chi-Ya.
Orol hukumati jamoatchilikka iguanalar inini qidirishni soʻrab murojaat qilgan. Sudralib yuruvchilarni baliq tutishda foydalaniladigan nayzalar yordamida oʻldirish tavsiya etiladi. Oʻtgan yili maxsus yigʻilgan jamoalar 70 mingga yaqin iguanani oʻldirgan. Hukumat oʻldirilgan har bir kaltakesak uchun 15 dollardan toʻlaydi.
Tayvan Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi ma'lumotlariga koʻra, orolning janubiy va markaziy hududlarida 200 mingga yaqin shu kabi reptiliyalar yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar