
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik boʻyicha Rossiya bilan muzokaralar olib borish shartini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Siyosatchining soʻzlariga koʻra, Kreml bilan muzokaraga kirishish uchun Vashingtondan kafolat talab etiladi.
Yagona masala — qanday xavfsizlik kafolatlari berilishi va ochigʻini aytsam, muzokaralardan oldin buni aniq tushunishni istayman, dedi prezident.
U Gʻarbning uzoq muddatli majburiyatlarisiz Rossiya yangi hujum uchun qayta qurollanish maqsadida otashkesimdan foydalanishini aytdi. Zelenskiy bu masalani AQShning ishtirokisiz hal qilib boʻlmasligini ta'kidladi.
Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas. AQShsiz hech kim tavakkal qilmaydi, dedi u.
Ukraina prezidenti Trampni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan bir qatorda bu masalada eng ta'sirli shaxs deb atadi:
Oʻylaymanki, buni haqiqatan ham amalga oshira oladigan boshqa ittifoqchi yoʻq. Putinning iqtisodiyoti Xitoyga juda qaram, ta'kidladi siyosatchi.
Zelenskiyga koʻra, Kiyev Ukraina taqdiri oʻzining ishtirokisiz hal qilinishini istamaydi. U AQSh bunga yoʻl qoʻymasligiga ishonch bildirdi, ammo shuni qoʻshimcha qildi:
Garchi ilgari bunday boʻlmaganiga ishonchim komil emas. Bu erda men nafaqat Amerika, balki ba'zi yevropalik hamkorlar haqida ham gapiryapman, dedi u.
Prezident Rossiyaga energiya resurslari, xususan neftga cheklovlar orqali bosim oʻtkazib, uni muzokaralar stoliga oʻtqazish “tinchlik va haqiqiy xavfsizlikning eng muhim kalitlaridan biri” ekanini ta'kidladi.
Kuch yordamida tinchlikka erishish mumkin va biz bunga toʻla ishonch hosil qilganmiz. Eng muhimi — sur'atni pasaytirmaslik va Rossiyaga bosim oʻtkazishdir... Evropa energiya resurslari sohasida Rossiya bilan emas, balki Amerika va boshqa global hamkorlar bilan yaqinroq hamkorlik qilishi lozim. Biz nafaqat Ukraina, balki butun Evropa uchun kuchli pozitsiyalarni ta'minlash maqsadida oʻz diplomatiyamiz va xalqaro aloqalarimizni tayyorlamoqdamiz, dedi siyosatchi.
♦ Ukrainaning urushni tugatish shartlari
Ukraina qoʻshinlarni 1991 yil chegaralariga olib chiqishni nazarda tutuvchi “tinchlik formulasi”ni amalga oshirishni talab qilmoqda. Gap 2014 va 2022 yillarda Rossiya tomonidan u erda oʻtkazilgan “referendumlar” va Ukrainaning Qrim, Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlari noqonuniy anneksiya qilingani haqida ketmoqda. Moskva “tinchlik formulasi” asosida muzokaralar olib borish imkoniyatini istisno qiladi.
♦ Rossiya shartlari
Putin oʻt ochishni toʻxtatish uchun oʻz shartlarini ilgari surdi, jumladan, Ukraina qoʻshinlari oʻzini oʻzi mustaqil deb e'lon qilingan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlaridan olib chiqilishi, ushbu toʻrtta hudud va Qrim goʻyoki xalqaro miqyosda Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishi, Ukrainaning NATOga a'zolikdan voz kechishi va sanktsiyalarni olib tashlash. Zelenskiy bu taklifni “ishonib boʻlmaydigan” ultimatum deb atadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar