Foto: AFP
Afrika qit'asining parchalanishi ilgari kutilganidan ancha oldinroq sodir boʻladi, deb taxmin qilmoqda mutaxassislar. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Nashrda keltirilishicha, Efiopiya sahrosi ichida 2005 yilda 35 mil (56,5 kilometr) uzunlikdagi yoriq paydo boʻlgan, biroq oʻshandan buyon u har yili yarim dyuym (taxminan 1,5 santimetr) tezlikda kengayib bormoqda.
Yangi hisob-kitoblarga asoslanib, Kaliforniya universiteti professori Ken Makdonald qit'a bir million yildan besh million yilgacha boʻlgan muddat ichida parchalanib ketishini ma'lum qildi. Bunga qadar olimlar ushbu jarayon oʻn millionlab yillar davom etishini prognoz qilgandi.
“Hind okeani suvi toshib, hozir Sharqiy Afrikaning rift vodiysi joylashgan hududni suv bosishi mumkin”, — dedi Makdonald.
Maqola mualliflari Afrika qit'asining parchalanishidan soʻng, Er yuzida yangi materik va yana bir okean paydo boʻlishi mumkinligini ta'kidladi. U katta ehtimol bilan Atlantika okeani kabi chuqur boʻladi.
Professorning aytishicha, quruqlikning yangi qismi “Nubiya qit'asi” deb nomlanishi mumkin. Unda Somali, Keniya, Tanzaniya, shuningdek, Efiopiyaning yarmi joylashadi.
Yoriq juda sekin kengayishiga qaramay, Afrika qit'asi qanchalik katta ekani hisobga olinsa, bu yorilish hayratlanarli hodisa hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar