22:30 / 25.01.2025
500

Sobiq maslahatchi: Putin Trampga qanday ta'sir oʻtkazishni biladi

Sobiq maslahatchi: Putin Trampga qanday ta'sir oʻtkazishni biladi
© Sputnik / Ramil Sitdikov
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton CNN telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerika etakchisi Donald Trampga qanday ta'sir oʻtkazishni bilishini aytdi. Bu haqda “Newsweek” yozmoqda.

“Putin Trampga ta'sir oʻtkazishga harakat qiladi, deb oʻylayman. Menimcha, u buni qanday qilishni biladi. U Tramp bilan qanday muomala qilishni biladi. Va menimcha, bu Ukraina uchun juda xavfli vaziyat”, - deya Boltonning intervyudagi soʻzlarini keltiradi jurnalistlar.

Putin Tramp bilan har ikki davlatni qiziqtirgan barcha sohalarda xotirjamlik bilan gaplashishga tayyorligini ma'lum qildi. Tramp avvalroq Putin bilan “darhol” uchrashmoqchi ekanligini va Rossiya rahbari ham buni xohlayotgani haqida “signallar” olayotganini aytgan edi.

22 yanvar kuni Tramp Moskva maxsus operatsiyani toʻxtatmasa, yangi sanktsiyalar va bojlar joriy etish bilan tahdid qilgan edi. Oq uyning yangi xoʻjayini Ukrainadagi mojaroni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirib, jangovar harakatlar choʻzilishining ehtimoliy salbiy oqibatlari haqida ogohlantirgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya bu tahdidlarda yangilik koʻrmaganini aytdi. Uning eslatishicha, Tramp sanktsiya usullarini birinchi prezidentlik davrida ham yoqtirgan, biroq undan teng huquqli muloqot uchun hozircha hech qanday signallar boʻlmagan, Moskva esa bunga tayyor.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo