144
Rossiya qurilish kompaniyasi oʻzbekistonlik migrantlar uchun oʻquv kurslari tashkil etmoqchi
Oʻzbekiston Bosh konsulligida Sverdlovsk viloyatining “ENKO” qurilish kompaniyasi vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
© “Dunyo” axborot agentligi
Rossiya qurilish kompaniyasi migrantlar uchun maxsus qurilish texnikalarini boshqarish boʻyicha qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish taklifini bildirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasida Sverdlovsk viloyatidagi "ENKO" qurilish korxonasi vakili Andrey Kostarev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muzokaralar avvalida Rossiya tomoniga Oʻzbekiston prezidentining "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soʻzlab berildi.
Mazkur qarorda belgilangan muhim vazifalarni bajarish boʻyicha Bosh konsulxona tomonidan tizimli tadbirlar amalga oshirilayotgani, xorijiy, shu jumladan Rossiyaning salohiyatli ish beruvchilari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilayotgani bildirildi.
Andrey Kostarev tashkilotning ish rejalari, 2028 yilgacha boʻlgan davrda ob'ektlarning qurilish rejalari ishlab chiqilgani va 1500 ga yaqin ish oʻrni yaratilishini ma'lum qildi. Uning aytishicha, hozirgi kunda 200 nafar malakali quruvchilar bandligini ta'minlash imkoniyati bor.
"ENKO" vakili, shuningdek, rus tilini oʻrgatish va maxsus qurilish texnikalarini boshqarish boʻyicha oʻquv kurslarni yaratishni taklif qildi va ushbu dasturlarni ikki mamlakat hududida amalga oshirish uchun sarmoya kiritishga tayyorligini ta'kidladi.
Tomonlar ishchi kuchini jalb etish uchun tanlovlar oʻtkazish, ularning yashash va mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirish va migrantlarni ish joyiga olib kelish masalalari xususida fikr almashdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar