23:09 / 25.01.2025
363

Pokistonda 4 kishi kufrda ayblanib oʻlimga hukm qilindi

Pokistonda 4 kishi kufrda ayblanib oʻlimga hukm qilindi
Pokiston sudi 25 yanvar kuni toʻrt kishini ijtimoiy tarmoqlarda islom dini arboblari va Qur'oni Karim haqida haqoratomuz materiallarni e'lon qilganlikda ayblab, oʻlimga hukm qildi. Ularning advokati shikoyat arizasi tayyorlanayotganini aytdi.

Mamlakatning Xudoga kufr keltirish toʻgʻrisidagi qonunlariga koʻra, islom dini yoki uning din peshvolarini haqorat qilishda aybdor deb topilgan har bir kishi oʻlim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Hukumat bunday jazoni hali qoʻllamagan, ammo shakkoklikda ayblash olomon zoʻravonligi yoki repressiyaga sabab boʻlishi mumkin.

Ravalpindi shahridagi sudya Tariq Ayub Xudoga shak keltirish, din peshvolariga hurmatsizlik va Qur'onni tahqirlash kechirib boʻlmaydigan jinoyatlar ekanligini hamda bunday holatlarda rahm-shafqatga oʻrin yoʻqligini ta'kidladi.

Sudya oʻlim jazosiga hukm qilish bilan birga, toʻrt kishining har biriga 4,6 million rupiya (taxminan 16 500 AQSh dollari) miqdorida jamoaviy jarima soldi va yuqori sud tomonidan oʻlim hukmlari bekor qilingan taqdirda, ularni qamoq jazosiga ham mahkum etdi.

Ayblanuvchilarning himoyachisi Manzur Rahmoniy sud qarorini va tergov organlarida dalillar yoʻqligini keskin tanqid qildi.

Bunday hollarda yuzaga keladigan shubha va noaniqliklar sudlar tomonidan e'tiborsiz qoldirilmoqda. Buning sababi, ehtimol, agar ayblanuvchi oqlansa, diniy reaktsiya va olomonning sudyaga qarshi zoʻravonligidan qoʻrqishdir, dedi Rahmoniy.

U ushbu qaror ustidan apellyatsiya tayyorlab, uni Oliy sudga yuborishini ma'lum qildi.

1980 yillarda Pokistonda Xudoga shak keltirishga qarshi qabul qilingan qonunlar islomni haqorat qilishni noqonuniy deb belgilagan.

Oʻshandan buyon odamlar dinni tahqirlashda, uning muqaddas matnlarini haqoratlashda yoki masjid devorlariga haqoratli soʻzlar yozishda ayblanib kelmoqda. Qonun tanqidchilari uning shaxsiy nizolarni hal qilish uchun qoʻllanilayotganini ta'kidlashmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo