Foto: pasporta.org
Rossiyada 25 yanvardan boshlab soxta nikohlarga qarshi kurashishga qaratilgan yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, xorijliklar Rossiya fuqarosi bilan soddalashtirilgan tartibda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) olish uchun endi kamida uch yil davomida nikohda yashashlari talab qilinadi. Agar nikoh bekor qilinsa yoki sud tomonidan soxta deb topilsa, berilgan VNJ ham avtomatik ravishda bekor qilinadi.
Shuningdek, Rossiyada doimiy yashash huquqiga ega boʻlish yoki Rossiya fuqaroligiga ega bolasi bor chet elliklarga VNJ faqat sud ularning birgalikda yashashini tasdiqlaganda beriladi. Agar chet el fuqarosi ota-onalik huquqidan mahrum qilinsa yoki otalik bekor qilinsa, ularning yashash uchun ruxsatnomasi ham amaldan chiqariladi.
2023 yilda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalarning 40% atrofidagi qismi Rossiya fuqarosi bilan nikohga asoslangan holda berilgan, yashash uchun ruxsatnomalarning 50% esa Rossiya fuqaroligiga ega bolalar mavjudligi sababli berilgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga koʻra, ushbu qarorlarning katta qismi soxta nikohlar yoki soxta otalik holatlari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar