10:45 / 26.01.2025
230

Niderlandiyada Ruminiyaning Dakiya xazinasidan eksponatlar oʻgʻirlab ketildi

Niderlandiyada Ruminiyaning Dakiya xazinasidan eksponatlar oʻgʻirlab ketildi
Noma'lum shaxslar Niderlandiyaning Assen shahrida joylashgan Drente muzeyiga bostirib kirib, Ruminiyaning «Dakiya! Oltin va kumush qirolligi» koʻrgazmasiga tegishli bir qator eksponatlarni oʻgʻirlab ketishdi. Bu haqda Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Idora xabaricha, 25 yanvar kuni muzeyda portlash sodir boʻlgan. Taxminlarga koʻra, bu portlash binoga kirish uchun uyushtirilgan. Natijada, Dakiya xazinasiga tegishli arxeologik artefaktlar oʻgʻirlangan.

«Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, portlash Ruminiyaga tegishli Dakiya xazinasining eksponatlari namoyish qilingan muzey binosiga bostirib kirish maqsadida uyushtirilgan», deyiladi xabarda.

Politsiya hisob-kitoblariga koʻra, jinoyatchilar bir necha kishi boʻlib, uyushgan holda harakat qilishgan. Oʻgʻirlangan buyumlar orasida deyarli sof oltindan yasalgan dubulgʻa va uchta oltin bilaguzuk bor.

Ruminiya Tashqi ishlar vaziri Emil Xurezyanu niderlandiyalik hamkasbi Kaspar Veldkamp bilan telefon orqali bogʻlanib, oʻgʻirlangan eksponatlarning madaniy va tarixiy ahamiyati naqadar katta ekanini ta'kidlagan va Ruminiya bu hodisadan jiddiy tashvishda ekanini bildirgan.

Niderlandiya huquq-tartibot organlari yordam soʻrab Interpolga murojaat qilgan. Hozirgi vaqtda tergov ishlari davom etmoqda va qolgan eksponatlar inventarizatsiyadan oʻtkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo