747
Markaziy razvedka boshqarmasi koronavirusning laboratoriyadan kelib chiqqanini ma'lum qildi
Foto: AP
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) koronavirusning kelib chiqishi haqidagi hisobotini e'lon qildi, unga koʻra virus laboratoriyada paydo boʻlgan, deb xabar berdi AP.
MRB ma'lumotlariga koʻra, virus tabiiy ravishda paydo boʻlmagan, balki sun'iy ravishda yaratilgan, ammo bu haqda aniq dalillar yoʻq.
Yangi hisobot Xitoyda virus tarqalishi, ilmiy tadqiqotlar va Xitoy laboratoriya ishlari haqidagi ma'lumotlar tahliliga asoslangan. Hisobotda ta'kidlanishicha, Xitoy hukumati bilan hamkorlik qilmasdan virusning kelib chiqishini toʻliq tushunish imkonsiz.
Hisobot AQSh avvalgi ma'muriyati topshirigʻiga asosan MRB sobiq direktori Uilyam Byorns tomonidan tayyorlangan va MRB yangi rahbari Jon Retkliff tomonidan e'lon qilindi. 25 yanvar kuni AQSh Senati razvedka qoʻmitasi raisi Tom Kotton natijalardan qoniqish hosil qilib, Xitoyni virus tarqalishi uchun javobgarlikka tortish zarurligini aytdi.
Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakillari koronavirus laboratoriyada paydo boʻlgani ehtimoli haqidagi da'volarni rad etib, ilm-fanni hurmat qilishga chaqirdi.
2019 yil dekabr oyida Xitoy hukumati Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga Uhan shahrida pnevmoniya avj olgani haqida xabar bergan edi. 2020 yil mart oyida JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus koronavirusning dunyo boʻylab tez tarqalishi sababli pandemiya e'lon qildi. Oxirgi ma'lumotlarga koʻra, dunyo boʻylab koronavirusdan 7 milliondan ortiq odam vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar