Tramp ma'muriyati noqonuniy migrantlarni har kuni harbiy samolyotlarda mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda, dedi AQSh chegara xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Tomas Homan ABC News telekanaliga. Bu «Qoʻshma Shtatlar tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasi» boʻladi.
AQSh hukumati tarixda birinchi marta migrantlarni uylariga qaytarish uchun harbiy samolyotlardan foydalandi va endi bu har kuni sodir boʻladi, dedi Homan. 23 yanvar kuni AQSh harbiylari Gvatemalaga ikkita alohida reysda 150 nafardan ortiq migrantni etkazgan edi. Biroq, Homan bunday parvozlar juda katta rejaning faqat bir qismi ekanini aytdi.
Foto: Getty Images
Yangi ma'muriyat rahbarligida AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) agentlari mamlakatdagi 11 milliondan ortiq noqonuniy migrantlarning istalganini hibsga olishi mumkin, dedi Homan. Shu bilan birga, u noqonuniy migrantlar uchun muqobil echim taklif qildi: ular oʻzi «ketishi kerak».
Avvalroq NBC News telekanali Pentagonning ikki rasmiysiga tayanib, 24 yanvar kuni Amerika harbiy samolyotlari Gvatemalaga ikki marta uchgani, har bir samolyotda 80 nafarga yaqin migrant borligi haqida xabar bergan edi.
Bundan tashqari, Qoʻshma Shtatlarning yangi prezidenti «Meksikada qoling» siyosatini tikladi, unga koʻra uchinchi mamlakatlardan AQSh hududida boshpana izlovchilar sud qarorini Meksika hududida kutishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar