15:53 / 27.01.2025
585

Qozogʻistonlik kriminal avtoritet «Dikiy arman» 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qozogʻistonlik kriminal avtoritet «Dikiy arman» 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
27 yanvar kuni Olmaota sudida «Yovvoyi Arman» (Dikiy arman) nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiev va Olmaotadagi mahalliy kengash deputati Qayrat Kudaybergenning ishi boʻyicha sud jarayoni yakunlangan. Mahalliy OAVlarga koʻra, ular 2022 yil yanvarida Qozogʻistondagi namoyishlar vaqtida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirganlik va unda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Olmaota sudi 2022 yil yanvar voqealari boʻyicha «Yovvoyi Arman» nomi bilan tanilgan Arman Jumageldiyevga nisbatan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilish boʻyicha hukm chiqardi. Xususan:

· Arman Jumageldiyev — Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi koʻmagida jinoiy ta'sirni kengaytirish maqsadida uyushgan jinoiy guruh tashkil etish, 2022 yil yanvar voqealarining asosiy tashkilotchisi, jinoiy guruh tarkibida odamlarni oʻgʻirlab, kaltaklash kabi bir qancha harakatlarda aybdor, deb topilib 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

· Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi sobiq xodimi Ruslan Iskaqov — 2016 yildan Jumageldievga «homiylik» qilgan, yanvar voqealarida jinoyat izlarini yashirish uchun odamlarni oʻgʻirlashni buyurganlikda ayblanib, 15 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

· Sobiq mahalliy deputat Qayrat Xudoybergen – mehmonxonada shtab tashkil etgani, biznesni himoya qilish bahonasida sportchilarni tartibsizliklarga jalb qilishda aybdor, deb topildi hamda — 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

· Shuningdek, Yovvoyi arman guruhining 13 a'zosi 10 yildan 15,5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Tartibsizliklarning qolgan ishtirokchilari 1,5 yildan 7 yilgacha boʻlgan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

27 yanvar kuni boʻlib oʻtgan sud jarayoniga jamoatchilik va matbuotga kirish imkoni berilmagan hamda yopiq eshiklar ortida oʻtkazildi. OAV vakillariga sud zalini onlayn kuzatishga ruxsat berildi.

«Yovvoyi Arman» va unga aloqador shaxslar 2024 yilning fevral oyida Olmaota va Chimkent shaharlarida qoʻlga olingan edi. Qozogʻiston hukumati Jumageldiyevni yanvar oyidagi namoyishlar etakchilaridan biri deb atagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo