Taniqli belgiyalik futbolchi kokain kontrabandasida ayblanib ushlandi

Taniqli belgiyalik futbolchi kokain kontrabandasida ayblanib ushlandi
Belgiya milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Radja Nainggolan dushanba kuni Antverpen porti orqali kokain kontrabandasi boʻyicha tergov doirasida hibsga olindi, deya xabar bermoqda Belgiya OAVi Bryussel prokuraturasiga tayanib.

Ta'kidlanishicha, butun mamlakat boʻylab politsiya tomonidan oʻtkazilgan reydlar davomida taniqli futbolchidan tashqari yana bir necha kishi qoʻlga olingan.
Taniqli belgiyalik futbolchi kokain kontrabandasida ayblanib ushlandi
“Tekshiruv kokainning Janubiy Amerikadan Yevropaga Antverpen porti orqali olib kelingani va Belgiyada tarqatilishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlarga tegishli”, — deyiladi prokuratura bayonotida.

36 yoshli Nainggolan Antverpenda tugʻilgan va Italiyaning "Roma" va "Inter" kabi yetakchi klublari hamda Belgiya terma jamoasida oʻynab, dunyo miqyosida shuhrat qozongan.

Nainggolan terma jamoa safida 30 marta maydonga tushib, jami 6 ta gol urgan.

2021 yilda Nainggolan Belgiya ikkinchi divizioni jamoasi bilan shartnoma imzolab, Italiyadan vataniga qaytgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar