20:16 / 28.01.2025
837

Taker Karlson: Bayden administratsiyasi Putinni oʻldirishga uringan!

Taker Karlson: Bayden administratsiyasi Putinni oʻldirishga uringan!
AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden administratsiyasi RF prezidenti Vladimir Putinni oʻldirishga uringan. Bu haqda jurnalist Taker Karlson Mett Taybbi bilan suhbatda ma'lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, AQShning sobiq davlat kotibi Entoni Blinken «haqiqiy urush»ni yoqlab chiqqan, Bayden administratsiyasi esa Rossiya prezidentini oʻldirishga uringan.

Foto: AFP / Getty Images
Jurnalist ushbu rejalarni «telbalik» deb atagan va bunday holatda Rossiya hamda uning yadroviy arsenalini «kim nozorat qilardi?» degan savolni oʻrtaga tashlagan. Karlson oʻz soʻzlarini tasdiqlovchi biror-bir dalil keltirmagan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov amerikalik jurnalistning soʻzlariga izoh berdi. «Rossiya maxsus xizmatlari doimiy ravishda jamoatchilik xavfsizligi va davlat himoyasi ostida boʻlgan shaxslar, birinchi navbatda davlat rahbarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida barcha zarur choralarni koʻrib keladi», — deydi Peskov.

Eslatib oʻtamiz, amerikalik mashhur teleboshlovchi Taker Karlson 2024 yil 9 fevralga oʻtar kechasi oʻz saytida va Tvitterda Rossiya prezidenti Putin bilan 2 soatlik intervyusini e'lon qilgandi. Bu intervyu uchun Karlson bir necha kun oldin Moskvaga uchib kelgan.

Suhbatdan avval Karlson amerikaliklar Ukrainadagi urush haqida toʻliq tushunchaga ega boʻlishi uchun Putinga oʻtkir savollar berishini aytgandi. Ammo Karlson intervyu davomida rossiyalik suhbatdoshiga noqulay savollar bera olmadi. Masalan, u Mariupol va Buchadagi harbiy jinoyatlar yoki Aleksey Navalniy haqida soʻramagan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo