22:37 / 28.01.2025
2 318

«Qiyomat soati» millari bir sekund oldinga surildi

«Qiyomat soati» millari bir sekund oldinga surildi
1947 yildan beri «Qiyomat soati» bilan shugʻullanib kelayotgan Bulletin of the Atomic Scientists tashkiloti soat millari bir sekund oldinga surilganini ma'lum qildi. Bu millar global yadroviy falokat tahdidini anglatadi. Endi halokatli «Yarim tun»gacha 89 soniya qoldi - har qachongidan ham kamroq.

«Qiyomat soati» (Doomsday Clock) – insoniyatning yadro urushi, iqlim inqirozi yoki boshqa tahdidlar kabi global falokatga qanchalik yaqinligini koʻrsatadigan metaforik soat. Kontseptsiya 1947 yilda Bulletin of the Atomic Scientists tashkiloti olimlari tomonidan yaratilgan.

Soatdagi «Yarim tun» dunyoning oxiri yoki global falokat ramzidir. Millar yarim tunga qanchalik yaqin boʻlsa, global halokat xavfi shunchalik yuqori boʻladi. Soat dastlab yadroviy qurollar xavfini, ayniqsa, Sovuq Urush kontekstida tasvirlash usuli sifatida yaratilgan.

Foto: AFP
Millarni surish toʻgʻrisida qaror olimlar, Nobel mukofoti laureatlari va siyosiy tahlilchilarni oʻz ichiga olgan bir guruh mutaxassislar tomonidan qabul qilinadi. Surish insoniyatga tahdidlar bilan bogʻliq hozirgi global vaziyatni aks ettiradi.

Millar surilishiga quyidagi omillar ta'sir koʻrsatadi:
- yadro qurollari va qurollanish poygasi;
- iqlim inqirozi;
- biologik tahdidlar (masalan, pandemiya);
- texnologik xavflar (masalan, sun'iy intellektni rivojlantirish).

1947 yilda soat yarim tungacha 7 daqiqa qolganini koʻrsatar edi. 2023 yilda, asosan, Rossiya-Ukraina urushi va yadroviy eskalatsiya xavfi tufayli soat millari birdaniga 10 sekund oldinga surildi va «Yarim tun»gacha 90 soniya qolgan edi. 2024 yilda millarning holati oʻzgarmadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo