Amerika xalqi AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining boshqa davlatlarga yordamni toʻxtatish haqidagi qarorini olqishlamoqda. Bu haqda AQSh Kongressi a'zosi Marjori Teylor Grin X ijtimoiy tarmogʻida ma'lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Prezident Tramp va bizning yangi davlat kotibimiz Marko Rubio Ukraina va boshqa mamlakatlarga barcha xorijiy yordamni toʻxtatdi. Davlat departamenti shokda, ammo Amerika xalqi unday emas, biz nishonlamoqdamiz”, — deb yozadi u.
Donald Tramp oʻz lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlarini, jumladan, Kiyevni moliyalashtirishni darhol toʻxtatilgani e'lon qilingan edi. Biroq Isroil va Misrga yordam berish toʻxtatilmagan.
Bundan tashqari, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar