11:00 / 29.01.2025
350

AQSh va EI Rossiyaga bosimni davom ettirishga kelishib oldi

AQSh va EI Rossiyaga bosimni davom ettirishga kelishib oldi
AQSh davlat kotibi Marko Rubio va Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Ukraina urushiga chek qoʻyish uchun Rossiyaga nisbatan «maksimal bosim»ni davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda 28-yanvar kuni EI vakili, ularning birinchi telefon suhbati yakunida ma'lum qildi, deb yozadi AFP.

Ikki diplomat «asosiy global muammolar, jumladan, Rossiyaning Ukrainadagi urushi, Yaqin Sharqdagi vaziyat va Xitoy bilan bogʻliq tahdidlar borasida AQSh va Evropa Ittifoqi hamkorligini mustahkamlash» muhimligini ta'kidladi.

Kallas suhbat chogʻida Evropa Komissiyasi Rossiyadan keladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oʻgʻitlarga bojlarni oshirish taklifini ilgari surgani haqida ma'lum qildi. Baynotda ta'kidlanishicha, yangi bojlar Rossiyaning eksport daromadlariga va Ukraina urushi davom etish imkoniyatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin.

Tramp Ukraina urushiga 100 kun ichida nuqta qoʻymoqchi

AQSh prezidentligiga qaytganidan bir necha kun oʻtib, Donald Tramp Ukraina va Rossiya boʻyicha maxsus vakil, iste'fodagi general Keyt Kellogga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini 100 kun ichida toʻxtatish boʻyicha topshiriq bergan. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) 22-yanvar kuni xabar berdi. Jurnalistlarning fikricha, Trampning Putin bilan kelishuvga erishishi qiyin boʻladi, chunki u saylovoldi tashviqotida Oq uyga qaytgach, 24 soat ichida urushni tugatishga va'da bergan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo