date
views 1 172

Pochtachi ikki karra olimpiya chempionining pullarini qanday oʻgʻirladi?

Pochtachi ikki karra olimpiya chempionining pullarini qanday oʻgʻirladi?
Parij-2024 olimpiya oʻyinlarining ikki karra gʻolibi, belgiyalik velopoygachi Remko Evenepul oʻgʻrilikdan jabr koʻrdi, deb yozdi De Telegraaf. Sportchining kartasidan 9 ming yevro echib olingan.

Jinoyat Anderlextda sodir etilgan: shahar pochta boʻlimining xodimlaridan biri pochta qutilaridan kredit kartalarini oʻgʻirlagan: banklar oʻz mijozlariga joʻnatgan ichiga karta solinib, PIN-kodlari koʻrsatilgan xatlarni «supurib ketgan». Soʻngra kartalardagi pullarni naqdlashtirib olgan, jabrlanganlar orasida olimpiya chempioni ham bor.

Mijozlar kartalari etib kelmaganidan shikoyat qilishni boshlaganidan soʻng pochtachining qilmishlari fosh boʻldi. Politsiya bankomatlardagi kameralar orqali pochtachining shaxsini aniqladi.

Qoʻlga tushgan pochtachi aybini va pullarni qimorga tikib yuborganini tan oldi. Sud davom etmoqda, pochtachini qamoq kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pochtachi ikki karra olimpiya chempionining pullarini qanday oʻgʻirladi?