date
views 1 126

Putin barcha amaldorlarni Rossiya avtomobillaridan foydalanishga chaqirdi

Putin barcha amaldorlarni Rossiya avtomobillaridan foydalanishga chaqirdi
Foto: ob'yasnyayem.rf
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaldorlar va davlat kompaniyalari xodimlari mahalliy avtomobillarga oʻtishi kerakligini ta'kidladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Putinning soʻzlariga koʻra, u ilgari ham shunday topshiriq bergan, ammo u hali toʻliq bajarilmagan.

Amaldorlarni Rossiya avtomobillariga oʻtkazish zarur. Darhaqiqat, bunday topshiriq berilgan. Ammo, afsuski, bu sohadagi vaziyatni kuzatib, bu koʻrsatma hali toʻliq bajarilmaganini koʻryapman”, dedi u AvtoVAZ zavodi xodimlari bilan suhbat chogʻida.

Rossiya prezidenti muammo ishlab chiqarilgan avtomobilning mahalliylashtirish darajasini aniqlash qiyinligi bilan bogʻliqligini aytdi. U shu borada mezonlar ishlab chiqilayotgani va bu masala bilan shaxsan shugʻullanayotganini bildirdi.

Albatta, biz shu yoʻldan borishda davom etamiz. Aytgancha, bu qoʻllab-quvvatlash shakllaridan biri boʻladi — ham samarali, ham mutlaqo bozor talablariga mos. Davlat oʻzining mahsulotini sotib olishi mutlaqo tabiiy holdir”, dedi u.

Davlat xizmatchilari uchun tavsiya etilgan avtomobillar qatoriga 2025 yil aprel oyida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan yangi Lada Iskra ham kiradi. Putin AvtoVAZ zavodiga tashrifi chogʻida ushbu avtomobilni baholab, zavod xodimlarining mehnatini yuqori baholagan. Rossiya prezidenti 2023 yil sentyabr oyida rasmiylar tomonidan mahalliy avtomobillardan ustuvor foydalanish boʻyicha rasmiy topshiriq bergandi.

Putinning tashabbusi 1997 yilda bosh vazir oʻrinbosari boʻlgan Boris Nemtsov tomonidan ilgari surilgan gʻoyani takrorlaydi. 1997 yil 1 aprelda prezident Boris Eltsinning hukumat amaldorlari uchun xorijiy avtomobillarni sotib olishni taqiqlovchi farmoni kuchga kirgandi.

Biroq tajriba muvaffaqiyatsiz tugagan, jumladan mahalliy avtomobillarni boshqarishga harakat qilgan amaldorlar nosozliklar haqida doimiy ravishda shikoyat qilardi. Ikki yil oʻtgach, bu vaqt davomida chet el mashinasini haydashda davom etgan Eltsin oʻz buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekkan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin barcha amaldorlarni Rossiya avtomobillaridan foydalanishga chaqirdi