Foto: runews24.ru
Rossiyaning Chuvashiya hududi rahbari Oleg Nikolayev 2025 yildan boshlab mintaqada migrantlarning iqtisodiyot muhim tarmoqlarida ishlashi cheklanishi haqidagi farmonni imzoladi, deb yozdi «Kommersant».
Jumladan, mazkur farmon bilan xorijiy fuqarolarga alkogol va tamaki mahsulotlarining chakana savdosi, jamoat transporti va taksi, shuningdek, ta'lim, madaniyat, sport va koʻngilochar sohalarda ishlash taqiqlandi.
Qayd etilishicha, farmonning imzolanishi migratsiya qonunchiligi sohasidagi huquqbuzarliklarni kamaytirish va rossiyaliklarni ishga joylashtirish masalalarida qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Ish beruvchilar 1 aprelgacha chet ellik ishchilar sonini qayta koʻrib chiqishi va ularni yangi qoidalarga muvofiqlashtirishi kerak.
Qayd etilishicha, «bu taqiq Qozogʻiston, Armaniston, Belarus va Qirgʻiziston fuqarolariga, shuningdek, Rossiyada ruxsatnomasiz ishlash huquqiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislarga» taalluqli emas.
Yil boshida Chuvashiya migrantlar mehnatiga deyarli hech qanday cheklovlar boʻlmagan Rossiyaning 40 ga yaqin mintaqalari qatorida edi. Endi u migrantlar deyarli hech qayerda ishlashi mumkin boʻlmagan hududlar roʻyxatiga qoʻshildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar