Isroil Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan beri Kiyevga eng yirik qurol etkazib berishni amalga oshirdi.
Soʻnggi kunlarda AQSh harbiy-havo kuchlari samolyotlari Ukrainaga etkazish uchun Isroil aviabazasida saqlanayotgan 90 ga yaqin Patriot raketasini Polshaga olib oʻtdi. Bu haqda operatsiyaning borishi bilan tanish boʻlgan uchta manba Axios'ga xabar berdi.
Foto: Getty Images
Raketalar Ukrainaga qurol-yarogʻ etkazish markazi vazifasini bajarayotgan Sharqiy Polshadagi Jeshuv shahriga keltirildi. Evropa va boshqa hududlardagi mojarolar haqida ochiq manbalardan ma'lumot toʻplayotgan OSINT defender tahlilchisi bu ma'lumotni tasdiqladi:
"C-17 transport samolyotlari yakshanba kuni Germaniyadagi AQShning Ramshteyn bazasidan Isroilning janubidagi Xatserim aviabazasiga, soʻngra Jeshuvga uchib bordi".
Axios manbalariga koʻra, qoʻshimcha texnika, jumladan, radarlar va boshqa uskunalar ta'mirlash uchun avval AQShga yuboriladi.
Isroil 2024 yilning aprelida oʻzining havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqqani sababli 30 yildan ortiq vaqt oldin berilgan Patriot tizimlarini rasman qurollanishdan chiqardi. Axios manbalariga koʻra, shundan soʻng Ukraina rasmiylari AQSh va Isroilga raketalarni Pentagonga topshirishni taklif qilgan. Reja boʻyicha Pentagon ularni ta'mirlagach, Ukrainaga joʻnatishi kerak.
"Tel Aviv javob berishni bir necha oyga choʻzdi, chunki ular Rossiya tomonidan javob choralari koʻrilishidan, masalan, Eronga zamonaviy qurol etkazib berilishidan xavotirda edi", deyiladi xabarda.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma'muriyati vakili Patriot tizimi AQShga qaytarilganini tasdiqladi.
"Ularning Ukrainaga etkazib berilgani yoki berilmagani bizga noma'lum", deydi u.
Isroilning yuqori martabali amaldori soʻzlariga koʻra, Tel Aviv Moskvani AQSh raketalarini topshirish haqida oldindan ogohlantirgan va “Ukrainaga qurol etkazib bermasligini” ta'kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar