Foto: 2013 yil Kubadagi Guantanamo koʻrfazidagi AQSh harbiy-dengiz bazasida joylashgan boʻsh kommunal kamera blokining ichki qismi / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp deportatsiya qilingan migrantlarni joylashtirish uchun Guantanamodagi harbiy bazada qoʻshimcha joylar tayyorlashga koʻrsatma berdi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.
Mudofaa va ichki xavfsizlik vazirliklari 30 ming kishilik joy tayyorlashi kerak. Guantanamo harbiy bazasida ilgari harbiy asirlar, shu jumladan 11 sentyabr teraktlarida ishtirok etganlar saqlangan. Tramp Kubada joylashgan bazada minglab joy borligi, koʻplar bundan bexabar ekanini aytdi.
“Guantanamoda Amerika xalqiga tahdid solayotgan eng xavfli noqonuniy jinoyatchilarni saqlash uchun 30 ming oʻrin mavjud. Ularning ba'zilari shunchalik xavfliki, biz hatto ularni oʻz mamlakatlariga qaytarishga ishonmaymiz, chunki ularning qaytib kelishini istamaymiz. Shu sababli, biz ularni Guantanamoga yubormoqchimiz”, dedi AQSh prezidenti.
Guantanamodagi harbiy baza asosan terrorchilikda gumon qilinganlarni saqlash joyi sifatida tanilgan. U 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan soʻng, 2002 yilda AQSh prezidenti Jorj Bush tomonidan ochilgan.
Muassasani yopish AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning asosiy saylovoldi va'dalaridan biri edi, biroq uning takliflaridan birortasi ham Kongress tomonidan ma'qullanmadi. 2018 yil yanvar oyida AQSh prezidenti Donald Tramp qamoqxonani saqlab qolish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar