Foto: NYT
Vashingtondagi Ronald Reygan nomidagi aeroportda American Airlines yoʻlovchi samolyoti Black Hawk harbiy vertolyoti bilan toʻqnashgan kuni dispetcherlar yetishmovchiligi kuzatilgan. Bu haqda The New York Times gazetasi AQSh Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasining dastlabki hisobotiga asoslanib xabar berdi.
Hujjatdan ma'lum boʻlishicha, navbatchi aviadispetcher hodisa kuni odatda ikki xodim bajaradigan vazifani yolgʻiz oʻzi amalga oshirgan. NYT’ning qoʻshimcha qilishicha, yoʻlovchi samolyotining harbiy vertolyot bilan toʻqnashuvi vertolyot belgilangan balandlikdan yuqoriroq parvoz qilgani sababli yuz bergan.
Halokat oqibatida 67 kishi, samolyot va vertolyotdagi barcha yoʻlovchilar halok boʻlgan.
OAV xabar qilishicha, American Airlines samolyotida 1994 yilgi figurali uchish boʻyicha jahon chempionlari Evgeniya Shishkova va Vadim Naumov, shuningdek, juftlikda uchish boʻyicha SSSR chempionatining bronza medali sovrindori Inna Volyanskaya boʻlgan. Bugun yoʻlovchilar orasida sobiq figurali uchuvchi Aleksandr Kirsanov ham boʻlgani ma'lum boʻldi. Sportchining vafot etgani haqida uning rafiqasi Natalya Gudina ABC telekanaliga ma'lum qilgan.
Foto: NYT
American Airlines yoʻlovchi samolyoti va Black Hawk harbiy vertolyoti 29 yanvar kuni kechqurun Vashington osmonida toʻqnashgan edi. Halokat oqibatida ikkala havo kemasining parchalari Potomak daryosiga qulab tushgan.
31 yanvar kuni ertalab suv osti qidiruv guruhlari daryo tubidan yoʻlovchi samolyotining qora qutilarini topib, ekspertizaga yuborgani ma'lum qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar