Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin 5 fevraldan migratsiya siyosatini takomillashtirish bilan bogʻliq navbatdagi oʻzgarishlar kuchga kirishini ma'lum qildi.
«Noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish rejimini nazarda tutuvchi qonun kuchga kiradi. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga rioya qilmaydigan yoki qolish huquqini qoʻldan chiqarganlar mamlakatimizda boʻlmasligi kerak. Ushbu chora xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan», — deb yozadi Volodin oʻzining Telegram-kanalida.
Bundan tashqari, mamlakatga kirish yoki undan chiqish qoidalarini buzganlik, shuningdek, nazorat qilinadigan shaxslar reyestriga kiritilgan migrantga koʻrsatilishi taqiqlangan xizmatlar koʻrsatganlik uchun ma'muriy javobgarlik joriy etiladi.
Volodinning aniqlik kiritishicha, tegishli qonun 5 fevraldan kuchga kiradi.
Avvalroq Rossiya Ta'lim vazirligi maktabga qabul qilinish vaqtida rus tilini bilish boʻyicha testni topshira olmagan farzandining qoʻshimcha oʻqishi uchun sharoit yaratmagan migrantlarni ma'muriy javobgarlikka tortish taklifini bergandi.
2024 yilda «Migrant Servis» tahlilchilariga koʻra, Rossiyani 1 millionga yaqin migrant, asosan, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston kabi davlatlar fuqarolari tark etgan. 2025 yilda bu tendentsiya davom etishi va farazga koʻra yana 1 millionga yaqin mehnat migranti xorijda yanada jozibador mehnat sharoitlarini izlab Rossiyani tark etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar