Illyustrativ foto: Alamy
Pokiston fuqarosi 14 yoshli qizini TikTok ijtimoiy tarmogʻiga oʻz videolarini joylagani uchun otib oʻldirdi. Bu haqda politsiyaga tayanib, Express Tribune xabar berdi.
Politsiya ma'lumotlariga koʻra, dastlab ish ochiqlanmagan jinoyat sifatida koʻrib chiqilgan, chunki qizning otasi noma'lum shaxslarni gumonlanuvchi sifatida koʻrsatib, politsiyaga ariza bergan. Biroq, tergov oʻtkazilgach va jinoyat joyidan dalillar toʻplangach, politsiya oila a'zolaridan shubhalana boshlagan.
“Kvettada 14 yoshli pokistonlik-amerikalik qizning oʻldirilishi uning otasi va amakilarining qamoqqa olinishiga olib keldi. Ular qizning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi sababli qotillikni rejalashtirganliklarini tan olishdi”, deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, qiz oʻz uyi yaqinida otib oʻldirilgan va shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Politsiya qizning otasiga uning qarindoshi yordam berganini aytmoqda.
Tergov davomida politsiya oilaning Pokistonga kelishidan oldin AQShda deyarli 28 yil yashaganini aniqladi. Qizning otasi uning TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi faolligidan norozi boʻlgan, ammo qiz internetdagi faoliyatini toʻxtatishni rad etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar