15:18 / 03.02.2025
89

“Hizbulloh” rahbari oʻlimidan 5 oy oʻtgach dafn etiladi

“Hizbulloh” rahbari oʻlimidan 5 oy oʻtgach dafn etiladi
Foto: AFP
Isroil hujumi tufayli 2024 yil sentyabrda halok boʻlgan “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh 23 fevralda dafn etiladi. Bu haqda “Hizbulloh”ning amaldagi etakchisi Naim Qosim ma'lum qildi.

Nasrulloh guruhni 30 yildan ortiq boshqargan va 27 sentyabrda Bayrutda Isroilning bir qator hujumlari paytida oʻldirilgan. Murakkab vaziyat tufayli oʻshanda dafn marosimi vaqtinchalik oʻtkazilgan. Endilikda “Hizbulloh” ommaviy “tantanali dafn marosimi” oʻtkazilishini e'lon qildi.

Marosimda Nasrulloh oʻlimidan bir hafta oʻtgach halok boʻlgan “Hizbulloh”ning yuqori lavozimdagi qoʻmondoni Hoshim Safiiddin ham qayta dafn etiladi. Qosim birinchi marta Safiiddin “Hizbulloh”ning yangi bosh kotib etib saylangani, biroq u rasmiy e'lon qilinishidan oldin oʻldirilganini aytdi. Shu sababli Safiiddin ham bosh kotib unvoni bilan dafn etiladi.

Qosimning ta'kidlashicha, Nasrulloh Bayrut chekkasida “eski va yangi aeroport yoʻllari oʻrtasidagi tanlagan er uchastkasida”, Safiiddin esa Livanning janubidagi Deyr Qanun shahrida dafn etiladi.

“Hizbulloh” va Isroil oʻrtasidagi jangovar harakatlar noyabr oyida imzolangan sulhdan soʻng toʻxtagan boʻlsa-da, Isroil aviatsiyasi Livan hududiga zarba berishni davom ettirmoqda. Yahudiy davlati “Hizbulloh”ni guruhni kelishuvni buzganlikda ayblamoqda. “Hizbulloh” mojarolar uchun javobgarlik Isroil zimmasida ekanini ta'kidlab, tashqi kafillar — AQSh va Fransiyani shartnoma shartlariga rioya qilishga majburlashga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo