21:48 / 03.02.2025
111

Sudanda yuz bergan otishmada 67 nafar tinch aholi halok boʻldi

Sudanda yuz bergan otishmada 67 nafar tinch aholi halok boʻldi
Sudan armiyasining oltinchi piyoda diviziyasi qoʻmondonligi ma'lumotiga koʻra, mamlakatning gʻarbiy qismidagi Darfur mintaqasidagi El-Fasher shahrida Tezkor javob kuchlari (TJK) tomonidan amalga oshirilgan otishma oqibatida kamida 67 nafar tinch aholi halok boʻldi.

El-Fasherda qurolli tuzilma tomonidan oʻqqa tutilgan fuqarolar orasidagi qurbonlar soni jami 67 nafarni tashkil etmoqda, shundan 30 nafari ayollar, 17 nafari bolalar va 20 nafari erkaklardir, deya xabar berilgan qoʻmondonlikning Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Foto: Getty Images / Arxiv
Qoʻmondonlik ma'lumotiga koʻra, bu TJK tomonidan El-Fasherda sodir etilgan oʻninchi ommaviy qotillik hisoblanadi.

Joriy yilning yanvar oyi oxirida mintaqaviy hukumat rahbari Darfur Minni Arko Minavi SBR droni Saudiya Arabistonining El-Fasher shahridagi shifoxonasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga hujum qilgani, oqibatda 70 dan ortiq bemor halok boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Sudandagi soʻng yillarda sodir boʻlayotgan qurolli toʻqnashuvlar
Darfur Mojarosi (2003 yildan hozirgacha)


Sudanda 2003 yilda boshlangan Darfur mojarosida Darfur viloyatidagi mahalliy qora tanli aholi hukumatga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtargan. Hukumat Darfur mintaqasiga e'tibor qaratmagan, resurslarni arab qabilalariga berib, mahalliy qabilalarni chetga surgan. Bunga javoban Sudan ozodlik harakati (SOH) va Adolat va tenglik harakati (ATH) qurolli kurash boshlagan. Bunga javoban Janjavid nomli arab jangchilari qoʻllab-quvvatlanib, Darfur aholisi ommaviy qirgʻin qilindi. xalqaro hamjamiyat bu harakatlarni genotsid deb atagan.

Shuningdek, mamlakatda 2023 yil 15 aprelidan buyon general Abdul Fattoh al-Burhon boshchiligidagi Sudan qurolli kuchlari (SQK) va Muhammad Hamdan Daglo boshchiligidagi Tezkor javob kuchlari (TJK) oʻrtasida janglar davom etmoqda. 2019 yilda Omar al-Bashir hokimiyatdan agʻdarilgandan keyin, harbiylar va fuqaro siyosatchilari orasida hokimiyat boʻlinishi muammosi yuzaga keldi. 2021-yilda esa harbiylar davlat toʻntarishini amalga oshirdi. 2023 yilga kelib harbiylarning ikki asosiy boʻlagi hisoblangan SQK va TJK — bir-biri bilan toʻqnash keldi.

Sudandagi urushlar asosan etnik, diniy va siyosiy sabablar tufayli kelib chiqqan. Bu mojarolar uzoq yillar davom etib kelmoqda va haligacha tinchlik toʻliq ta'minlanmagan. Hozirgi urush esa harbiy kuchlarning ichki nizo va hokimiyat talashishi sababli yuzaga kelgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo